Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Shu yilning o‘zida 2200 ta 3G/4G baza stansiyasini o‘rnatish rejalashtirilgan
    27.07.2020

    Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.

    Shundan kelib chiqib, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 27 iyul kuni o‘tkazilgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot kotibi Sherzod Axmatov bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga javob berdi.

    Bugungi kunda nega ham joyda internet tezligi bir xilda emas, ayniqsa mobil aloqa internet xizmatlarlarida xizmatlar talab darajasida emas.! Karantin rejimi vaqtida uzoq qishloq hududlariga qancha mobil aloqa tayanch stansiyalari o‘rnatildi?

    Yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, karantin vaqtida ham vazirilk tomonidan kuplab ishlar amalga oshirildi.

    2020 yil - «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yili»ning birinchi yarmida mobil aloqa operatorlari tomonidan jami 1375 ta mobil aloqa tayanch stansiyasi o‘rnatilib, aholi maskanlarining mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 97 va keng polosali mobil internet tarmog‘iga ulanish qamrovi darajasi 78 foizga yetkazildi.

    Eng muhimi, mobil aloqa tarmoqlari qurilmalari respublika miqyosida o‘rnatilmoqda. Hududlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, Qashqadaryoda 138 ta, Samarqandda 157 ta, Namanganda 128 ta, Toshkent viloyatida 134 ta, Farg‘onada 171 ta, Toshkent shahrida 164 ta, Xorazmda 64 ta, Sirdaryoda 31 ta, Surxondaryoda 76 ta, Navoiyda 34 ta, Jizzaxda 70 ta, Buxoroda 61 ta, Andijonda 117 ta, Qoraqalpog‘istonda 34 ta mobil aloqa stansiyalari o‘rnatildi. Yangi tayanch baza stansiyalarini o‘rnatish ishlari tizimli olib borilmoqda.

    Aytish joizki, shu kunga qadar asosan telefon xizmatlarini ko‘rsatuvchi 2G mobil tarmoqlarni kengaytirish vazifasi bajarilgan bo‘lsa, hozir tarmoqning qamrovini oshirish bo‘yicha loyihalar 3G/4G tarmoqlarini kengaytirishga yo‘naltirilmoqda. Xususan, shu yilning o‘zida 2200 ta 3G/4G baza stansiyasini o‘rnatish rejalashtirilgan.

    Ta’kidlash joizki, respublikada AKT sohasidagi eng ilg‘or texnologik ishlanmalarni joriy etishga muhim e’tibor qaratiladi. 2019 yil sentyabrdan bir vaqtda ikkita mahalliy mobil operatorlar — UZMOBILE va UCELL 5G texnologiyani test sinovidan o‘tkazishni boshlagani shundan dalolat beradi.

    Manba: Axborot xizmati