Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Karantin rejimi vaqtida aholi uchun ham telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha keng qulayliklar yaratilmoqda
    27.07.2020

    Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.

    Shundan kelib chiqib, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 27 iyul kuni o‘tkazilgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot kotibi Sherzod Axmatov bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga javob berdi.

    Karantin rejimi vaqtida aholi uchun ham telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha qanday qulayliklar yaratilmoqda?

    Aytish mumkinki, mamlakatimizdagi jami 5 ta mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda 30 dan ortiq simli tarmoqlar orqali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi operator va provayderlar bugungi kunda mobil operatorlar, internet provayderlari tomonidan aholi uchun ko‘plab qulayliklar yaratilmoqda.

    “O‘zbektelekom” AK o‘zining korporativ mijozlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda va korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatishga oid so‘rovlarni ko‘rib chiqishning onlayn mexanizmini joriy etdi. Endilikda korxona va tashkilotlar Kompaniyaning rasmiy veb-sayti orqali ariza yuborishi mumkin. Arizalar avtomatik ravishda qabul qilinadi, ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Raqamli iqtisodiyotning biznes jarayonlari elektron hujjat aylanishidan yuqori darajada foydalanish va buyurtmachilar bilan ishlash uchun onlayn tartibni qo‘llashni nazarda tutadi.

    Shuningdek, hisob-kitob muddati kelgan, lekin hisobni to‘ldirish imkoni bo‘lmagan jismoniy shaxslar uchun “Va’da qilingan to‘lov” xizmati joriy etildi. Endilikda, abonent xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish niyatida ekanligini onlayn tarzda ma’lum qilsa, ammo uning hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmasa billing tizimi xizmatni o‘chirib qo‘ymaydi. Eng asosiysi mazkur xizmat butunlay bepul taqdim etiladi.

    Jismoniy shaxslar karantin vaqtida uy sharoitida o‘z vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari uchun qonuniy, qiziqarli va boy mazmunli kontentga ega ivi onlayn kinoteatri xizmatlaridan bepul foydalanish imkonini beruvchi aksiyani joriy etdi.

    Jismoniy shaxslar uchun Respublika bo‘ylab ilk marotaba paketli tarif rejalari seriyasi ishga tushirildi. Bunda abonentlar yuqori tezlikdagi Internet hamda telefon aloqasi xizmatlariga bir shartnoma doirasida ulanishlari va bitta hisob raqami orqali hamda arzon narxlarda 2 telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

    Shuningdek, xizmatlarni boshqarish va onlayn to‘lovlarni amalga oshirish uchun qulay bo‘lgan Kompaniya mobil ilovasidan foydalangan mobil aloqa abonentlari uchun qo‘shimcha bonus megabaytlar taqdim etilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu megabaytlar mobil aloqa abonentlari uchun karantin sharoitida o‘z vaqtlarini yanada maroqli o‘tkazish imkonini beradi.

    Mobiuz mobil operatori ham o‘z abonentlar uchun qulay sharoit va imkoniyatlarni yaratmoqda.

    Hususan, 21-31 iyul kunlari abonentlar 2000 MB va 3000 MB maxsus internet-to‘plamlarini odatiy narxidan ikki baravar arzon ulashlari mumkin. Bu tardagi aksiya har oyda o‘tkazilib kelinayotgani e’tiborga loyiq.

    Joriy yil 6-avgustgacha esa xohlagan hajmdagi oylik internet-to‘plamlarni faollashtirgan abonentlarga qo‘shimcha ravishda 25% ga ko‘proq trafik bepul taqdim etilmoqda.

    Internetdan faol foydalanadiganlar uchun maxsus «Gap Yo‘q» tarif rejasi ishga tushirildi. U bo‘yicha oyiga 35 ming so‘mga abonentlar 8 000 MBga ega bo‘lishmoqda.

    Mobiuzning yana bir aksiyasi ko‘p qo‘ng‘iroq qiladigan va SMS-xabarlardan faol foydalanadigan abonentlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. 20-sentyabrgacha daqiqalar to‘plamni faollashtirgan abonentlar huddi shunday SMS-to‘plamga bepul ega bo‘lishadi.

    Manba: Axborot xizmati