Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yangilanayotgan O‘zbekiston: Andijon shahridagi “Digital City” texnoparki
    17.07.2020

    Prezident o‘z ma’ruzalarida ta’kidlaganidek, raqamli iqtisodiyot rivojlanishining eng muhim omillaridan biri IT-tadbirkorlar uchun qulay sharoit va keng imkoniytlar yaratib berishdir.

    Shu maqsadda Toshkent shahrida o‘tgan yilda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki (IT-Park) yaratildi. Mazkur texnoparkda IT-tadbirkorlarga har tomonlama ko‘mak berilmoqda, tashkiliy masalalaridan boshlab marketing tadqiqot va reklama kampaniyalarni o‘tkazishgacha.

    Parlamentga yuborilgan Murojaatnomasida davlatimiz rahbari IT-Park faoliyatiga ijobiy baho berdi, yaqin orada texnoparklarni — IT-Park filiallarini barcha hududlarda ochilishi xususida to‘htalib o‘tgan edi.  Andijon shahrida barpo etilgan  zamonaviy “Digital City” ana shunday texnoparklardan biri hisoblanadi.

    5,6 gektar maydonda qurib bitkazilgan, 4 kavatli 3,5 ming kv.m. ni tashkil etadigan ushbu majmua 50 dan ortiq yangi axborot texnologiyalari sohasida xizmat ko‘rsatadigan korxonalarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Hozirgi kunda bu yerga tumanlardan 328 nafar mutaxassis jalb etilgan.

    Texnoparkda IT-mutahassislar uchun barcha sharoitlar yaratilgan: ularga zamonaviy kompyuter texnika bilan jihozlangan ofis maydonlari taqdim etilib, moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari ham ko‘rsatiladi.

    Texnoparkda mahalliy yoshlar va yangi IT-hunar o‘rganish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun keng qulayliklar yaratilgan. Jumladan, kovorking markazi, data-sentr, konferens-zal, kutubxona, innovatsion laboratoriya va o‘quv xonalari, biznes-inkubator, mediamarkaz, kibersport xonasi tashkil etilgan.

    Bundan tashqari, texnopark rezidentlari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro kooperatsiya aloqalari yo‘lga qo‘yiladi. Texnopark rezidentlari tomonidan viloyatdagi Andijon davlat universiteti, Qishloq xo‘jalik instituti hamda Mashinasozlik instituti talabalari uchun turli xil amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya darslari o‘tkaziladi.

    Ushbu tadbirlarni amalga oshirish natijasida 2022 yil yakuniga qadar quyidagi ko‘rsatkichlarga erishishga ko‘zda tutilgan:

    • 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda 120 ta masofadan IT-xizmatlarini ko‘rsatuvchi frilanserlar paydo bo‘ladi;
    • raqamli texnologiyalar va dasturlash asoslari bo‘yicha 40 mingdan ortiq talaba va yoshlar o‘qitiladi;
    • 50 ta IT-yo‘nalishida moliya texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, elektron tijorat, mashinasozlik sohalariga yo‘naltirilgan startap-loyihalar amalga oshiriladi;
    • 500 dan ortiq yoshlar bilan dasturlash, robototexnika, 3D arxitektura, kibersport yo‘nalishida amaliyot o‘tiladi;
    • 1,5 mingdan ortiq davlat tashkilotlari hodimlari axborot texnologiyalari sohasida malakalarini oshiradi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati