Fujitsu kompaniyasi doimiy masofaviy ish rejimiga o‘tmoqda
Fujitsu kompaniyasi Work Life Shift ish dasturini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Shu tufayli kompaniyaning 80 ming nafar ishchilari masofaviy ravishda ishlashni boshlaydi. Kompaniya vakillari ta’kidlaganidek, dastur xodimlariga o‘z xohishiga binoan uyda, ofisda yoki yirik korporativ markazda ishlashni tanlashga imkon yaratib beradi.
Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda masofaviy ish shakliga qator yirik IT-kompaniyalar — Twitter, Facebook, Google o'tgan.
Microsoftning yangi algoritmi eski fotorasmlarning aslini tiklashga yordam beradi
Microsoft kompaniyasining tadqiqotchilari eski fotorasmlarning aslini tiklashga yordam beradigan sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan algoritmni taqdim etishdi.
Tadqiqotchilar tomonidan ilk marotaba algoritmning ishlash jarayonida tasvirlarning eng yuqori kattalikdagi parametrlaridan (RefSR) foydalanildi. Bundan tashqari, tasvir teksturasini transformatsiya (o‘zgartirish) qilib bera oladigan yangi tarmoq ham ishlatildi. Bu yangi usul eski fotorasmlarni tiklash borasidagi barcha zamonaviy usullardan ustunlik qiladi, deya ta’kidlanmoqda.
Huawei smartfonni shaxsiy kompyuterga o‘zgartirib beradigan MateStation dok-stantsiyasini patentladi
Huawei MateStation nomli savdo markasini patentladi. Mazkur brend ostida smartfonlarni monitorga ulab bera oladigan maxsus dok-stantsiyasi ishlab chiqariladi. Hozirda smartfonni bevosita kompyuterga ulash imkoni ham mavjud, ammo dok-stantsiya uning foydalanuvchilari uchun yanada ko‘proq qulaylik yaratib beradi.
Тахminlarga кo‘rа, MateStation Mate 40 rusumdagi barcha smartfonlari bilan taqdim etiladi va qo‘shimcha aksessuar sifatida sotiladi, uni boshqa Huawei smartfonlari bilan ishlatish imkoni ham yaratilib beriladi.
Samsung smartfonlar jamlamasiga zaryadkalarni qo‘shmasligi ehtimoli bor
Samsung kompaniyasi Apple misolida o‘z smartfonlarni zaryad beruvchi moslamari bilan komplektga qo‘shmasligi ehtimoli mavjud. Hozirda kompaniyada zaryad moslamarni ayrim smartfonlar qutichalaridan olib tashlanishi imkoni muhokama qilinmoqda. Bu holda zarydkasiz Samsung smartfonlari sotuvga keyingi yildan boshlab chiqariladi.
Aytib o‘tish kerakki, sohaning rivojlanishi boshida zaryad moslamalarning ayrim telefonlarga to‘g‘ri kelmasligi va bozorda bir paytda qator standartlar mavjudligi muammolarni tug‘dirardi. Hozirda esa mazkur masala o‘z yechimini topgan. Bundan tashqari ko‘plab ishlab chiqaruvchilar USB-C ulagichdan foydalanishga o‘tmoqda.
Keniyada Google kompaniyasi Loon loyihasi doirasida havo sharlari orqali Internetga ulab beradi
Loon loyihasi qishloq va chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholi uchun Internetga ulash imkonini yaratishga qaratilgan. Loyihani amalga oshirishda quyosh energiyasi asosida ishlaydigan aerostatlardan foydalaniladi. Ular yordamida 4G va LTE Internet tezligida ishlaydigan simsiz tarmoq barpo etiladi.
Loyiha doirasida Telkom Kenya mahalliy telekommunikatsiya operatori bilan hamkorlik kelishuv imzolandi. Mazkur servis 50 ming kvadrat metrga teng Keniyaning g‘arbiy va markaziy hududlarini qamrab oladi. Yaqin oradagi rejalaridan biri — bir necha hafta ichida sharqiy Afrikada 35 ta apparatlarni osmonga parvozini amalga oshirishdir.
Manba: Axborot xizmati