Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    06.07.2020

     

    Microsoft Windows 10 ning yangi dizaynini taqdim etdi

    Microsoft korporasiyasi o‘z rasmiy saytida Windows 10 operasion tizimining ayrim elementlarning yangi dizaynini taqdim etdi.

    Asosiy o‘zgarishlar “Pusk” menyusida aks ettirildi. Endilikda — yarim tiniq fondagi ikonkalarga ega kvadrat va to‘rtburchaklar ishlatiladi.

    Bundan tashqari, Microsoft vazifalar panelining interfeysini hamda dasturlararo tez ishga tushirilishi tugmalarning kombinatsiyalarini o‘zgartirdi (Alt+Tab). Windows 10 yangilangan versiyasi dastlabki test sinovidan o‘tkazilmoqda.

     

     

    2020 yilda smartfonlarning yarmidan ko‘pi USB-C ulagichi bilan ishlab chiqariladi

    Omdia marketing tadqiqotlari agentligi tahlillariga  ko‘ra, 2020 yilda ishlab chiqariladigan smartfonlarning yarmidan ko‘pida  USB-C ulagichga ega bo‘ladi. USB-C ulagichlarning hajmi yiliga 2018 yilda 824 mln. dan boshlab 2023 yilda 3,5 mlrd. gacha o‘sib keladi. 2021 yildan esa yangi iPhone smartfon va iPad planshetlari USB-C ulagich bilan jihozlanadi.

    Mazkur tadqiqotda ta’kidlaganidek, USB-C ulagichlarni hammabop mahsulotlarda ham o‘rnatilishi boshlandi. Bu esa USB-C ulagichlarning tannarxi pasaygani va yaqin orada yana pasayishi kutilmoqda.

     

     

    Huawei kompaniyasi ishlab chiqaradigan birinchi shaxsiy kompuyterni taqdim etdi

    Xitoyning BiliBili videoservisida Huawei kompaniyasi ishlab chiqaradigan birinchi shaxsiy kompuyterining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

    Shaxsiy kompuyterda Linux asosida yaratilgan  64-darajali UOS operatsion tizimi o‘rnatilgan. Bundan tashqari shaxsiy kompuyter 16 gigabayt xotira, 256 gigabayt qattiq jismli SATA to‘plagich va optik disklar uchun moslamaga ega bo‘ldi.

     

     

    PUBG Mobile mobil o‘yinidan tushgan daromadlar $3 mlrd. ga yetdi

    Jahonga mashhur bo‘lgan PUBG Mobile mobil o‘yin (Player Unknown's Battlegrounds Mobile) keng ommaga chiqqanidan so‘ng ikki yil ichida uning ixtirochilarga 3 mlrd. ga teng daromadni olib keltirdi.

    PUBG Mobile o‘yinni 732 nafar million kishi dunyo bo‘ylab yuklab oldi. Yuklash natijalari bo‘yicha Hindiston yetakchilik qilmoqda (24%), ikkinchi o‘rinda Xitoy (16,7%) va uchinchi o‘rinda esa AQSh (6,4%). Eng ko‘p daromad keltiradigan qatorida yarmidan ko‘pi (52%) xitoylik o‘yinchilarga teng kelmoqda. AQSh ikkinchi o‘rinda (14%) va Yaponiya esa atiga 3,6% daromadini keltirgan.

     

     

    Yaponiyada piyodalarga harakatlanish paytida telefonlandan foydalanish man etildi

    Yaponiyada piyodalar  harakatlanayotganda  smartfonlardan foydalanishi man etiladi. Mazkur qonun Tokio yonidagi joylashgan Yamato shahrida o‘z kuchuga kirdi.

    Mahalliy temir yo‘l vokzalida yangi qonun to‘g‘risida xabar beruvchi maxsus y‘oriqnomalar paydo bo‘ldi. E’lonlarda ta’kidlaganidek, piyodalarga kuchada, park yoki boshqa ommaviy joylarda mobil telefoninig ekraniga tikilib qarashi endi man etiladi.

    Mazkur qarorni nafaqat yoshi ulug‘ fuqarolar, yoshlar ham qo‘llab-quvvatladi. 240 ming aholisiga teng shaharda faqatgina ayrim fuqarolar mazkur yangilikka qarshilik bildirishdi. Mazkur qonunni buzganlarga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmaydi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati