Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU – Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti qo‘shma fakultetida qabul boshlandi
    02.07.2020

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti (TATU-BDIRU ATQF) o‘qishga bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha hujjatlarni qabul qilinmoqda.

    Bakalavriat yo‘nalishidagi “Axborot texnologiyalarning dasturiy ta’minoti”  30 nafar talaba, “Dasturlanadigan mobil tizimlar” 120 nafar va “Sun’iy intellect"  yo‘nalishiga 150 nafar talaba qabul qilinadi.

    Ta’kidlash kerakki, ushbu fakultet bitiruvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti diplomlariga ega bo‘lishadi.  Bundan tashqari, eng yaxshi bitiruvchilar Belarus Respublikasida ishga joylashishlari  ham mumkin.

    Hujjatlarni qabul qilish 25 iyulgacha 24 soat davomida onlayn rejimda TATU veb-saytida amalga oshiriladi. Abituriyentlarning rus tilini bilish darajasi yuqori bo‘lishi asosiy talablardan  hisoblanadi. Kirish imtihonlari rus tili (suhbat) hamda matematika, fizika va informatika (yozma test) fanlaridan o‘tkaziladi.

    Tanlov har bir bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.

    Kirish sinovlari 1 avgustdan 15 avgustgacha o‘tkaziladi. Imtihonlar Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti vakillari tomonidan nazorat qilinadi.

    Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun qabul komissiyasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish  mumkin:   (71) 238-64-97, 238-64-85, 238-64-34, 238-65-17, 238-65-64.

     

    Manba: Axborot xizmati