Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • So‘x tumanida 71 km optik tolali aloqa kabellari, umumiy sig‘imi 560 portli zamonaviy qurilmalar, 5 ta mobil aloqa baza stansiyalari o‘rnatildi
    20.06.2020

    2020 yil 3 iyun kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumanida Hukumatimiz rahbari boshchiligida bӯlib ӯtgan faollar yig‘ilishida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada yaxshilash bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga bir qator topshiriqlar berilgan edi.

    Shundan kelib chiqib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Farg‘ona viloyati So‘x tumanining muammoli masalalari yechimi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ijrosi bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Shu asosda Vazirlik tomonidan maxsus ishchi guruh tashkil etildi.

    So‘x tumanida telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida, 71 km optik tolali aloqa kabellari, umumiy sig‘imi 560 portli zamonaviy qurilmalar, temir-beton ustunlar, 5 ta mobil aloqa baza stansiyalari “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl”filiali - 2 ta antenna machta qurilmalari bilan, “Coscom” MChJ – 1 ta, “UMS”MChJ – 2 ta zarur transport va maxsus materiallar tumanga yetkazildi.

    Hozirda modernizatsiya ishlari boshlangan kundan buyon jami 101 ta temir-beton ustunlar o‘rnatildi, 33 ta tuman zahirasida mavjud aloqa ustunlari ko‘chirib o‘tkazildi.

    Shu davr mobaynida So‘x tumanining har- xil yo‘nalishlari bo‘ylab, tumandagi ijtimoiy ahamiyatga ega 52 ta ob’ektlarga, 23 ta umumta’lim maktab, 20 ta maktabgacha ta’lim muassasasi hamda 9 ta tibbiyot muassasalariga qadar jami 71 km optik tolali aloqa liniyalari qurildi.

    Tumanda ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini oshirish va sifatini yanada yaxshilash maqsadida jami 500 metr yer osti optik tolali aloqa liniyasi qurildi. Mazkur qurilayotgan optik tolali magistral aloqa liniyasida 2 Gb/s aloqa kanallarini tashkil etish uchun qurilmalar o‘rnatildi.

    Tumanga yetkazilgan 5 ta mobil aloqa tayanch stansiyalarining barchasi Lenburg va Chashma MFY hududlarida hamda So‘x tuman markazida o‘rnatilib ishga tushirildi.

    Bundan tashqari, Cho‘ng‘ara MFY hududida “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl”filialining yuqori tezlikdagi internet texnologiyasi asosidagi tayanch stansiyasini o‘rnatish uchun qurilish montaj ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

    Shu bilan birga, “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filalining Malbut, Hushyor, Istiqlol, So‘x RTS va tuman markazida o‘rnatilgan tayanch stansiyalarigacha tashkil etilgan transport tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati 2 barobarga oshirildi.

    “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filialining tumandagi barcha tayanch stansiyalarini yuqori tezlikdagi 4G standartida internet texnologiyasi asosida modernizatsiya qilindi.

    Shuningdek, “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filali tomonidan Lenburg – Chodak yo‘nalishida magistral transport tarmog‘ini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha radiorele qurilmasi o‘rnatildi.

    Tuman Markaziy shifoxonasi Farg‘ona shahridagi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘rtasida tegishli axborot tizimlari va dasturiy ta’minotlarni joriy etgan holda masofaviy tashxis ishlarini amalga oshirish uchun telemeditsina tizimi joriy etildi.

    Tuman Soliq inspeksiyasi binosiga qadar optik tolali aloqa liniyalar tortilgan bo‘lib, hozirda yuqori tezlikdagi internet xizmatini taqdim etish maqsadida keng polosali qurilma o‘rnatildi.

    Keng polosali xizmatlar turini taqdim etish maqsadida, So‘x tumani markazida joylashgan 462- ATSda zamonaviy texnologiya asosidagi 512 port sig‘imli telekommunikatsiya qurilmasi o‘rnatildi.

    Belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun bugungi kunda 45 nafar mutaxassis va ishchi xodimlar, shundan 20 nafar xodim So‘x tuman aholisidan sharnoma asosida jalb qilindi.

    Hozirda ishlar davom etmoqda.

    Manba: Axborot xizmati