Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbektelecom” AK aholi uchun yanada qulay va arzon Internet-tariflarni taklif qilmoqda
    16.06.2020

    “O‘zbektelecom” AK o‘z abonentlariga yanada qulaylik yaratish, ularga sifatli va hamyonbop xizmatlar ko‘rsatish maqasadida  22 iyun kunidan 31 avgustgacha maxsus aktsiya o‘tkazmoqda. Aktsiya davomida kompaniya o‘z abonentlari uchun bir qator qilay xizmatlarini taqdim qilmoqda.

    Jumladan, «UNLIM» tarif rejalariga bonus sifatida IP-telefoniya (videotelefoniya) xizmatlari ham qo‘shilgan. “O‘zbektelecom” AK abonentlari videoqo‘ng’iroqlarni bemalol amalga oshirishlari mumkin.

    “TURBO” va “TURBO NIGHT” Internet-tariflari bo‘yicha ham xizmat ko‘rsatish shartlari takomillashtirilib borilmoqda. 23 iyundan boshlab mazkur xizmat turlariga 200 Mbit./s. tezlikdagi yangi Internet-tarifi ham qo‘shiladi.

    Bundan tashqari RUN 3, RUN 4, RUN 5 tarif rejalari arxiv tarif rejalar qatoriga kiritilib, ular bo‘yicha yangi ulanishlar to‘xtatildi. Abonentlar yangi, yanada tezroq va limitsiz tariflarga ulanishlari mumkin. Bonus sifatida ularga Internet bilan ham telefon ulanilib beriladi. Mazkur xizmatdan yangi “O‘zbektelecom” AK abonentlari ham foydalanishlari mumkin.

    Manba: Axborot xizmati