Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT-xabarlari
    08.06.2020

    Pandemiya paytida jahon bozorida shaxsiy kompyuterlarga bo'lgan talab o'sdi


    Canalys tadqiqot kompaniyasi mutaxassislariga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi davrida masofaviy ishlash va o‘qish sharoitida kompyuter, noutbuk va planshetlarga bo‘lgan talab o‘sdi. Ammo 2019-yilga nisbatan joriy yilda bo‘lgan ehtiyoj 7 foizga, ya’ni 2019-yilda 396 million donadan joriy yilda 368 million donagacha pasaydi. Mazkur bozor yo‘nalishi faqatgina 2022-yilda 2 foizgacha o‘sish ko‘rsatkichlarini namoyon etilishi ehtimoli bor.

    Mintaqalar negizida eng katta pasayish Lotin Amerikasiga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Mazkur mintaqada shaxsiy kompyuter sotish 2020-yil natijalari bo‘yicha 16 foizga pasayadi. Shimoliy Amerikada esa mazkur ko‘rsatkich 6 foizni, Yevropada esa 10 foizni tashkil etadi. Xitoyda ushbu raqam 3 foizga teng bo‘lishi taxmin qilingan. 

     

    Pandemiya tufayli IoT-texnologiyalarga bo‘lgan talabning pasayishidan qat’iy nazar mazkur sektor 2023-yilda ijobiy holatga qaytadi


    ABI Research kompaniyasi keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, IoT-ishlanmalariga bo‘lgan talab 18-foizgacha pasayishi kutilmoqda. Bunga asosiy sabab esa — transport, ommaviy tadbirlar va savdo sohalaridagi mazkur yo‘nalishi bo‘yicha loyihalarning bekor qilinishi yoki ularning muddati o‘zgarishidir.

    Shu bilan birga, IoT-sohasi ko‘plab kompaniyalar tomonidan pandemiyadan so‘ng o‘z faoliyatini tiklashda muhim qurollardan biri deb tan olinadi. IDC kompaniyasi bashoratlariga ko‘ra, 2023-yilga qadar IoT-sektori o‘z dastlabki pozitsiyalariga qaytib boradi, va mazkur yo‘nalishi bo‘yicha umumiy xarajatlari 1 trillion dollardan oshadi.

     

    Foydalanuvchilar haqida noqonuniy ma’lumotlar yig‘ilgani tufayli Google kompaniyasiga $5 mlrd. ga teng da’vo kelib tushdi


    Reuters agentligining xabar berishicha, Kaliforniyadagi San-Xose shahrinig federal sudi (AQSh) kompaniyaning Google Analytics, Google Ad Manager va boshqa ilova va plaginlar orqali “maxfiy” (“inkognito”) rejimidan foydalanilayotgan holda foydalanuvchilar haqida ma’lumot yig‘ib borgani tufayli 5 milliard dollarga teng da’vo arizasi yo‘naltirildi.

    Da’vo arizasi uchta arizachi tomonidan kelib tushgan bo‘lib, ularning advokatlari jamoaviy da’voni yo‘naltirishni ko‘zlamoqdalar. Da’vogarlarning so‘zlariga ko‘ra, Google o‘z foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risida — ularning xobbi va afzalliklari, xaridlari va boshqa shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risida axborotni doimiy ravishda qo‘lga kiritib, yig‘ib boradi. Buning natijasida esa, kompaniyaning noqonuniy xatti-harakatlari tufayli 2016 yil 1 iyundan boshlab millionlab foydalanuvchilar ziyon ko‘rishdi.

     

    Ishonchli parol yaratish uchun Apple bepul qurol va manbalarni taqdim etdi


    Apple kompaniyasi parol menedjerlar va boshqa ilovalarni ishlab chiqaruvchilarga ishonchli parollarni yaratish uchun qurol va manbalar to‘plamini taqdim etdi. Mazkur to‘plamni GitHub veb-servisi orqali ochiq tarzda ko‘rib chiqish mumkin.

    Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, mazkur qurollar parollarni boshqarish ilovalarga (password manager) tegishli va Internet-foydalanuvchilar faoliyatida allaqachon uchrab keladigan muammoni hal qilishga mo‘ljallangan.

    Muammoning kelib chiqishi asosiy sababi — parol menejerlari yordamida xususiy veb-saytlar uchun yaratilayotgan noyob va ishonchli parollar ko‘p hollarda veb-manbalarga mos kelmaydi. Bu holda foydalanuvchilar qisqa va havfsizligi ancha past bo‘lgan noyob parollarni yaratadi. Apple qurollari kuchli va noyob bo‘lishi bilan birga veb-saytlarga moslashtirilgan parollarni generatsiya qilishga yordam beradi.

     

    DeepFace yangi algoritmi xomqoliplar asosida to‘liq odam portretlarini yaratishga yordam beradi



    Xitoy fanlar akademiyasi va Gonkong shahar universitetining jamoasi xomqoliplar asosida to‘liq odam portretlarini yaratishga yordam beradigan DeepFace algoritmini ixtiro qilishdi.

    Undan oldin yaratilgan uslublar eskizlar yordamida turli odam portretlarini yaratishga yordam beradi. Ammo eskiz maksimal ravishda detallar bilan boyitilgan holda bo‘lishi talab etilar edi. Xitoylik tadqiqotchilarining ixtirosi yuzlarini sxematik homkoliplar asosida yaratishga yordam beradi. Ixtirochilar ta’kidlashicha, ularning quroli badiiy san’at ustasi bo‘lmaganlar uchun ham odam portretlarini yaratishga imkon beradi.