Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • So‘x tumanida 62 km optik tolali aloqa kabellari, umumiy sig‘imi 536 portli zamonaviy qurilmalar, 5 ta mobil aloqa baza stansiyalari o‘rnatilmoqda
    10.06.2020

                  2020 yil 3 iyun kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada yaxshilash bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ham bir qator topshiriqlar berilgan edi.

             Shundan kelib chiqib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Farg‘ona viloyati So‘x tumanining muammoli masalalari yechimi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ijrosi doirasida, mazkur masalalarni zudlik bilan sifatli hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shu asosda Vazirlik tomonidan maxsus ishchi guruh tashkil etildi.
             So‘x tumanida telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida, 62 km optik tolali aloqa kabellari, umumiy sig‘imi 536 portli zamonaviy qurilmalar, 40 dona 7 metrli temir-beton ustunlar, 5 ta mobil aloqa baza stansiyalari “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl”filiali - 2 ta antenna machta qurilmalari bilan, “Coscom” MChJ – 1 ta, “UMS”MChJ – 2 ta zarur transport va maxsus materiallar tumanga yetkazildi.

             Hozirda G‘aznov – Tul yo‘nalishida 13 ta (33 %) temir-beton ustunlar o‘rnatilib, 16 km optik tolali aloqa kabellari qurish va montaj qilish uchun joylarga yetkazildi.
             So‘x tumaniga yetkazilgan 5 ta mobil aloqa baza stansiyalari o‘rnatildi. Jumladan, Lenburg MFY hududidagi mavjud antenna machta qurilmasiga 2 ta (1 ta “UMS”MChJ va 1 ta “Coscom” MChJ) yuqori tezlikdagi internet texnologiyasi asosidagi baza stansiyalar o‘rnatildi va ishga tushirildi.

             Chashma MFY hududida “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filialining 1 ta antenna machta va 2 ta (1 ta GSM va 1 ta CDMA) yuqori tezlikdagi internet texnologiyasi asosidagi baza stansiyalarini montaj qilish ishlari yakunlanib, sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

             Shu bilan birga, “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filialining Qalacha, Malbut, Lenburg va Tul MFYlar hududlaridagi mavjud baza stansiyalarigacha tashkil etilgan transport tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 2 barobarga kengaytirildi.

             Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 50 nafardan ortiq mutaxassis va xodimlar jalb qilingan.

             Hozirda ishlar qizg‘in davom etmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati