Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Muhammad al-Xorazmiy maktabida Bolalarni himoya qilish xalqaro kuniga bag‘ishlangan “Yil fasllari” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi
    01.06.2020

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 1 iyun — Bolalarni himoya qilish xalqaro kuniga bag‘ishlangan “Yil fasllari” nomli ko‘rgazma o‘tkazildi. Mazkur ko‘rgazmada yosh ijodkorlarning — “Yil fasllari” mavzuida “Dunyo bolalar nigohida” maxsus pochta markalari turkumini chiqarish maqsadida tayorlangan Respublika tanlovi ishtirokchilarining ijod ihslari namoyish etildi.

    Mazkur tanlov joriy yil 15 yanvardan boshlab 15 martgacha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJ ko‘magida o‘tkazildi. Tanlovning asosiy maqsadi — Yosh avlodning ijodiy salohiyatini amalga tatbiq etish, ularni filateliyaga jalb etish, yangi syujetlarni izlash va jamiyatning e’tiborini pochta markalariga tortishdir.

    Tanlovda ishtirok etish uchun jami 2 167 ta rasmlar qabul qilindi, va ulardan 1 270 tasi tanlab olindi. Tanlov yakunlanib, g‘oliblar aniqlandi. G‘oliblarning ijodiy ishlari asosida pochta markalarining eskizlari tayyorlandi “Davlat belgisi”  DUK ga chop etish uchun topshirilgan. Joriy yil iyun oyida Baddiy ko‘rgazmalar direksiyasining Markaziy ko‘rgazma zalida bolalar rasmi ko‘rgazmasi va bolalar rasmlari asosida tayyorlangan pochta markalarining taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    Bolalar rasmlari asosida chiqariladigan “Yil fasllari” maxsus pochta markalari xat va banderollarda dunyo bo‘ylab tarqaladi. Va shunday qilib butun dunyo O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari ijodi bilan tanishadi.

    Manba: Axborot xizmati