Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi
    29.05.2020

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Big Data&Advanced Analytics” nomli nufuzli VI xalqaro onlayn anjumanda ishtirok etdi.

    Mazkur anjuman videokonferensiya shaklda o‘tkazildi. Katta ma‘lumotlar oqimi bilan ishlash uchun bulutli texnologiyalardan foydalanish konferensiyaning asosiy mavzusi bo‘ldi. Anjumanda biznes, tibbiyot va ta‘lim sohasida axborot texnologiyalarni keng joriy qilish,  ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishda katta hajmli ma‘lumotlardan foydalanish, bulutli texnologiyalar asosida tahlil jarayonlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Anjumanda ishtirokchilar faqat ma‘ruzalar bilan cheklanib qolmay, onlayn davra suhbatlarini ham tashkil etdilar.

    Konferensiyada taniqli IT-kompaniyalar: IBM, Active Cloud, DH Technologies, Oracle, IEEE, Microsoft, EPAM Systems, BEZNext hamda milliy etakchi oliy o‘guv yurtlarining vakillari — Sorbonna universiteti (Fransiya)Luiziana shtat universiteti (AQSh)Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (O‘zbekiston)Pamukkale universiteti (Turkiya)Limerik universiteti (Irlandiya)Moskva davlat universiteti va Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya) mutaxassislari o‘zlarining fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Xalqaro konferensiyada Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil, Irlandiya, Italiya, Kanada, Xitoy, Polsha, Rossiya, Singapur, AQSh, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi 39 mamlakatdan uch yuzdan ortiq vakillari ishtirok etgan. 

     

    Manba: Axborot xizmati