Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Muhammad al-Xorazmiy IT-maktabida onlayn shaklda so‘nggi qo‘ng‘iroq bo‘lib o‘tdi
    25.05.2020

    Bugun 25-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda onlayn shaklda so‘nggi qo‘ng‘iroq o‘tkazildi.

    Joriy yilda maktabning 106 nafar bitiruvchisi mustaqil hayot sari ilk qadamni tashladilar. Maktab direktori Hilola Umarova ta‘kidlaganidek, bu yil so‘nggi qo‘ng‘iroq an‘anaviy ravishda o‘tkazilmasa ham, o‘ziga xos yorqin xotiralarga boy tarzda o‘tmoqda.

     Maktab o‘qituvchilari va administratsiyasi 2019-2020 o‘quv yili bitiruvchilarini tabriklab, ularga kelgusida o‘z g‘oya va rejalarini amalga oshirishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilashdi.

    Tadbir doirasida bitiruvchilarning murabbiylariga faxriy yorliqlar topshirildi. Bitiruvchilarga e‘tiborga loyiq muhim hayotiy  nasihatlar berildi.

    Ta‘kidlash joizki, Muhammad al-Xorazmiy maktabi qoshida bitiruvchilar uchun akselerator sifatida yordam beradigan IT karyera markazi ishga tushurilmoqda. Maktab kelgusida o‘z bitiruvchilariga ko‘mak ko‘rsatadi, stajirovkadan o‘tishda va yetakchi IT-kompaniyalarida ishlashga yordam beradi.

    Manba: Axborot xizmati