Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Beeline” kompaniyasi odatiy tizimda faoliyat yuritmoqda
    14.05.2020

    2020 yil 11 may kuni Toshkent viloyati hokimligining rasmiy telegram kanalida “Beeline” kompaniyasining 91 nafar xodimi karantinga olingani to‘g‘risida ma’lumot berilgan. “Beeline” kompaniyasi e’lon qilingan material haqida 2020 yil 12 may kuni kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida va telegram kanalida ham rasmiy bayonot berdi.

    Bugungi kunda amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, COVID-19 bilan kasallanish xavfi hamma joyda mavjud. Shundan kelib chiqib, “Beeline” kompaniyasi koronavirus kasalligiga o‘z xodimlarini chalinishi mumkinligini e’tiborga olib, tegishli sanitariya va epidemiologiya xizmatlari bilan birgalikda ishchilarni ommaviy tarzda COVID-19 pandemiyasi kasalligidan himoyalanish maqsadida test sinovidan o‘tkazdi.

    Test natijalari asosida xodimlarni va ular qarindoshlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, kompaniya Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rsatmalariga rioya qilgan xolda, o‘z xodimlarini 14 kunlik karantinga joylashtirdi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Beeline” kompaniya jamoasi va ularning yaqinlari uchun qilinayotgan barcha ishlar ularning salomatligi uchun amalga oshirilayotganini ma’lum qiladi.

    Bugungi kunda “Beeline” kompaniyasi telekommunikatsiya sohasidagi yirik investor va soliq to‘lovchi sifatida ham ijtimoiy jihatdan mas’uliyatli kompaniya hisoblanadi.

    Respublikamizda karantin davrida kompaniya ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirganligi ham shundan dalolat beradi.

    “Beeline” kompaniyasi odatiy tizimda faoliyatini davom ettirmoqda.

    Manba: Axborot xizmati