Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 9 May — Xotira va qadrlash kuni
    08.05.2020

    O‘zbekistonda xalqimiz birdamligi va jasoratining timsoliga aylangan 9 May — Xotira va qadrlash kuni  nishonlanmoqda.

    Biz Vatan ozodligi yo‘lida og‘ir-sinovli kunlarda birdam va ahillikda g‘alaba uchun butun kuchini safarbar qilgan ko‘pmillatli xalqimizning abadiy mardona xatti-harakatlarini ulug‘laymiz.

    Shafqatsiz urush maydonlarida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish bilan birga bugungi yorug‘ kunlarga yetib kelgan tabarruk keksalar, urush va mehnat faxriylariga mashaqqatli mehnat frontida ko‘rsatgan mardlik va jasorati uchun hurmat bajo keltiramiz.

    Aziz hamyurtlar!

    Qadrli faxriylarimiz!

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sizlarni 9 may — Xotira va qadrlash kuni bilan Sizlarga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik va uzoq umr, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilaymiz!

    Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

    Manba: Axborot xizmati