Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Har bir qaror — xalq manfaatlari uchun!
    24.04.2020

    Respublikamiz hukumati tomonidan raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida ta’kidlaganidek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

    Va shu ma’noda bitta muhim masalaga alohida e’tibor qaratsak: Respublikamizda axborot-kommunikatsiya sohasida amalga oshiralayotgan keng qulamli ishlar, avvalambor, xalq manfaatlariga qaratilgan. AKTni keng joriy etilishi fuqarolarimiz uchun o‘z vaqt va mablag‘larini tejashga imkon yaratadi. Va eng muhimi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari aholiga tulaqonli ravishda manba va imkoniyatlardan foydalanish doirasida dolzarb ma’lumotga ega bo‘lishga va o‘z bilim va saviyalarni AKT sohasida yaxshilashga zamin yaratadi.

    Bu borada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan keng qulamli ishlar olib borilmoqda. Respublika bo‘yicha 237 ta ob’ektda magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, telekommunikatsiya uskunalari modernizatsiya qilindi. Shuningdek, respublika bo‘yicha 16 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 36,6 ming kilometrga yetkazildi.

    Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 6 mingdan dan ortiq mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning umumiy soni 26 mingtadan ortdi va respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi 97 foizga va mobil internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 70 foizga yetkazildi.

    Shu bilan birga respublikamizing xududlarida telekommunikatsiya infratuzilmani rivojlantirishiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bu borada 2019 yil 22 may PQ-4329-sonli “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori muhim axamiyatga ega. Mazkur qarorda sohaga oid eng dolzarb masalalar o‘z aksini topgan.

    2019 yil davomida telekommunikatsiya tarmoqlari qamrovi umuman mavjud bo‘lmagan aholi yashash maskanlari soni deyarli ikki barobarga kamaytirildi.

    Respublika telekommunikatsiya infratuzilmasini zamon talablari darajasida keskin rivojlantirish orqali Internet tarmog‘ini kengaytirish va buning natijasida barcha aholi maskanlarini, shuningdek ijtimoiy soha ob’ektlarini, jumladan sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarini yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. 2021 yilda esa barcha ijtimoiy soha ob’ektlari yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlanadi hamda chekka olis hududlardagi aholi maskanlarida ham telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

    Qarorning yana bir muhim jihati shundaki, unda telekommunikatsiya tarmoqlarini jadal rivojlantirishga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish uchun oldini oluvchi choralar ham ko‘rilgan. Jumladan, mazkur qarorga ko‘ra endilikda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ob’ektlari, shu jumladan kabel kanalizatsiyasi, past tokli kabel shaxtalari, telekommunikatsiya qurilmalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzilmalar bilan ta’minlanmagan turar-joylarni qurish hamda foydalanishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yildi.

    Shuni nazarda tutishimiz kerakki, bundan oldingi vaqtlarda aloqa sohasi xodimlariga ko‘p qavatli turar joylarga aloqa (telekommunikatsiya) tarmoqlarini kiritish va xonadonlargacha ichki tarmoqni qurish va montaj ishlarini olib borishga qiyinchiliklar tug‘dirardi.

    Ko‘p qavatli turar joylarda aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun alohida kirish quvurlari va kabel shaxtalari uchun maydonlar va qurilmalarni o‘rnatish uchun joylar ajratilmaganligi va qurilish loyihalarda ko‘zda tutilmaganligi sababli, aloqachilar tarmoqni ekspluatatsiya uchun noqulay bo‘lgan joylardan kiritishga majbur bo‘lar edilar. Bu esa aloqa ish sifatiga keskin ta’sir ko‘rsatar edi. Mazkur qaror tom ma’noda ushbu kamchiliklarni bartaraf etishga barham berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

    Keling aniq misol keltirsak. Masalan, Samarqand viloyatida ko‘p qavatli turar joylarning ichki telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish ishlari buyurtmachi hisobidan amalga oshiriladi. Buning natijasida, Samarqand viloyatida yangi qurilgan 2055 ta xonadondan iborat 40 ta ko‘p qavatli uylarda past tokli kabel shaxtalari tashkil etildi va ichki telekommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlandi. Ushbu amalga oshirilgan ishlar uchun mahalliy byudjet va buyurtmachi korxonalar tomonidan 1,8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar sarflandi.

    Shubhasiz, bunday xayrli ishlaring yuqori saviyada bajarilishi aloqa xizmati yuqori sifat darajada ta’minlab berishga va xalqimiz turmush tarzini ko‘tarishga, va eng asosiysi, yoshlarimiz uchun barcha sharoit yaratishga, istiqomat qilish joyidan qat’iy nazar ularning salohiyatining oshib borishiga zamin yaratadi!

    Manba: Axborot xizmati