Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Telekommunikatsiya operatorlari tomonidan aholiga karantin paytida barcha imkoniyatlar va turli imtiyozlar yaratilgan
    23.04.2020

    Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.

    Shundan kelib chiqib, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 23 aprel kuni o‘tkazilgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot kotibi Sherzod Axmatov bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga javob berdi.

    Fuqarolar tomonidan quyidagi savol tushib keldi:

    Mobil operatorlari tomonidan shifokorlar va o‘qituvchilar uchun mobil internet xizmatlardan foydalanishga qulay tariflar ishlab chiqildi. Karantin vaqtida aholi uchun ham qanday imkoniyatlar yaratildi?

    Bu masalaga to‘xtaladigan bo‘lsam ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Birinchi navbatda, Respublikamizda 24 martdan boshlab fuqarolar tomonidan Internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun 2 oy davomida litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari, ikki oy davomida simli telefon aloqasi (xalqaro telefon so‘zlashuvlardan va mobil aloqasidan tashqari) hamda Internet jahon axborot tarmog‘iga simli va simsiz ulanish xizmatlari uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan hollarda abonentlar tarmoqdan o‘chirilmasligi ta’minlanadi.

    Fuqarolarimizni oxirgi yangiliklardan xabardor qilish maqsadida telekommunikatsiya operatorlari abonentlariga eng ko‘p o‘qiydigan ommaviy axborot vositalarining manbalaridan bepul foydalanish imkoni taqdim etildi.

    Jamoatchilikni koronavirus (COVID-19) to‘g‘risida xabardor qilish va tarqalishining oldini olish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida rasmiy veb-sayti (http://coronavirus.uz/uz)ga kirishi ham bepul qilindi.

    Fuqarolarimizdan koronavirus infeksiyasi yuzasidan tug‘ilgan savollariga o‘z vaqtida javob olish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi call-markazining qisqa “1003” yagona raqamiga va Yordamga muxtoj aholiga zarur ko‘mak ko‘rsatishni tashkillashtirish uchun qisqa “1197” yagona raqami Fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlar barcha telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari tomonidan respublikamizda bepul amalga oshirilmoqda.

    Aholiga karantin davrida qulaylik yaratish maqsadida “Uzdigital TV” MChJ tomonidan beshta xorijiy telekanallar – “Indiyskoye kino”, “Dom kino”, “Discovery”, “Disney” va “Evronews” ochiq rejimda (kodlanmagan holda bepul) vaqtincha tarqatilishi ta’minlanmoqda.

    Karantin paytida aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida barcha mobil operatorlari aholi uchun qulay tariflarni taklif qilmoqda. Misol uchun, "O‘zbektelekom" AK "O‘zMobayl" filiali o‘z abonentlariga 30 kun davomida foydalanish uchun bayramona megabayt, daqiqalar yoki SMS to‘plamlarini sovg‘a qildi. Bunda abonent taqdim etilgan 500 megabayt, 500 daqiqa, 500 SMS dan bittasini tanlashi mumkin.Ushbu aksiya 19 aprelga qadar amal qildi.

     

    Manba: Axborot xizmati