Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbekiston pochtasi” AJ 20 apreldan 38 ta mamlakatlga havo transporti orqali xalqaro pochta jo‘natmalarini amalga oshirishni y‘olga qo‘ydi
    23.04.2020

    Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.

    Shundan kelib chiqib, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 23 aprel kuni o‘tkazilgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot kotibi Sherzod Axmatov bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga javob berdi.

    Fuqarolar tomonidan quyidagi savol tushib keldi: 

    Pochta jo‘natmalarini olish va yuborishda o‘z vaqtida manzillariga yetib bormaslik xolatlari kuzatilmoqda.
    Qachondan boshlab Xalqaro pochta jo‘natmalarini tashish uchun havo transportida yuborish va qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi?

    Xabaringiz bor, o‘tgan brifinglarda ham aytib o‘tganmiz, yurtimizda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida 16 martdan boshlab “O‘zbekiston pochtasi” pochta jo‘natmalarini yer usti transporti orqali boshqa davlatlarga yuborayotgan edi.

    Endi esa,“O‘zbekiston pochtasi”, 2020 yil 20 apreldan boshlab, havo transporti orqali yuk tashuvchi aviakompaniyalar bilan xalqaro pochta jo‘natmalarini dunyoning 38 ta mamlakatlariga yetkazib berish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

    Xalqaro pochta jo‘natmalari yuk tashuvchi havo transportida yuborilishi munosabati bilan, vaqtinchalik yangi “Extra” tarifi asosida qabul qilinmoqda.

    Shuningdek, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan 32 ta davlatga faqat yer usti transporti yo‘nalishida xalqaro pochta jo‘natmalari yetkazib berilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati