Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UZTELECOM’ning “Cheksiz muloqot” aksiyasiga yana uchta xizmat qo‘shildi!
    18.04.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning tizimdagi korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, «O‘zbektelekom» AK o‘z mijozlari uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida “Cheksiz muloqot” nomli yangi aksiyani taqdim qildi.  Aksiyada Uztelecomning bir nechta xizmatlari ishtirok etadi. Ularning qatoriga Uztelecomning yana uchta xizmat — “Tezkor o‘tkazmalar”, Qo‘llab yubor vaFoydali almashinuv xizmatlari qo‘shildi!

    “Tezkor o‘tkazmalar” xizmati 50% chegirma bilan aksiyada ishtirok etmoqda. Uzmobile abonentlari o‘z yaqinlariga eng qulay shartlar asosida atigi 80 so‘m evaziga pul o’tkazmalarini amalga oshirishlari mumkin. Xizmat to‘g‘risida batafsil:https://uztelecom.uz/uz/jismoniy-shaxslarga/mobil-aloqa/gsm-2/xizmatlar/tezkor-otkazmalar

    Qo‘llab yubor va Foydali almashinuv xizmatlari 50% chegirma asosida ham amalga oshirilmoqda! Aksiya davomida Uztelecom abonentlari o‘z oila va do‘stlariga ko‘mak sifatida kerakli hajmdagi megabaytlarni atigi 250 so‘m evaziga o‘tkazib berishlari mumkin. Mazkur aksiya va ikkita qo‘shilgan xizmati to‘g‘risida batafil ma‘lumotga ega bo‘lish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: https://uztelecom.uz/uz/yangiliklar/aksiyalar/cheksiz-muloqot-aksiyasidagi-yangilanish-1

    Eslatib o‘tamiz, 14 aprel kuni “Cheksiz muloqot” aksiyasiga Uztelecomning xizmatlaridan biri — abonentlarga GSM va CDMA tarmoqlari ichida bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beradigan «Limitsiz ovoz» xizmati ham qo‘shildi. «Limitsiz ovoz» xizmati to‘g‘risida batafsil:  http://mitc.uz/uz/news/1327

    Manba: Axborot xizmati