Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • "Limitsiz ovoz" xizmati Uztelecomning “Cheksiz muloqot” aksiyasiga qo‘shildi
    14.04.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning tizimdagi korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, «O‘zbektelekom» AK o‘z mijozlari uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida “Cheksiz muloqot” nomli yangi aksiyani taqdim qildi.  Aksiyada Uztelecomning bir nechta xizmatlari ishtirok etadi. Ularning qatoriga Uztelecomning eng qilay va foydali xizmatlaridan biri — abonentlarga GSM va CDMA tarmoqlari ichida bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beradigan «Limitsiz ovoz» xizmati ham qo‘shildi.  Aksiya shartlarig ko‘ra «Limitsiz ovoz» xizmati  50 foiz imtiyozli chegirma bilan taqdim etiladi. Shunday qilib, xizmat abonent to‘lovi kuniga 105 so‘nmi tashkil etadi. Mazkur aksiya 13-apreldan 31-mayga qadar davom etadi.

    Mazkur aksiya va «Limitsiz ovoz» xizmati to‘g‘risida batafil ma‘lumotga ega bo‘lish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: https://uztelecom.uz/uz/jismoniy-shaxslarga/mobil-aloqa/gsm-2/xizmatlar/limitsiz-ovoz-xizmati .

     

    Manba: Axborot xizmati