Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • "Uzmobile" TATU talabalari uchun universitet onlayn resurslaridan foydalanishni bepul qildi
    18.04.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning tizimdagi korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, Uzmobile milliy mobil operatori tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari yashash joylari turli viloyatlarda bo‘lganligi va u yerda internet bilan bog‘lik muammo borligi sababli talabalarga shart sharoitlar yaratish maqsadida masofadan turib taxsil olishlari uchun universitet virtual ta’lim tizimlari resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatlari yaratildi.

    Qo‘yidagi TATU virtual ta’lim tizimlariga bepul foydalanish imkoniyati berildi:

    1. www.tuit.uz
    2. www.moodle.tuit.uz
    3. www.lms.tuit.uz
    4. www.utube.uz.
       

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magi asosida tashkil etilgan ushbu tashabbus TATU talabalarining Uzmobile milliy operatori foydalanuvchilari qaysi viloyatda bo‘lishlaridan qat’iy nazar TATU virtual ta’lim tizimlariga bepul kira olishlari va masofadan turib tahsil olishlari uchun imkoniyat yaratadi.

     

    Manba: Axborot xizmati