Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UZTELECOM simli telefon aloqa uchun qulay tariflarni taklif etmoqda
    17.04.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning tizimdagi korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, «O‘zbektelekom» AK o‘z abonentlariga simli telefon aloqa uchun juda ham hamyonbop va qulay tarif rejalarni taklif etmoqda:

    — “Optimal” – abonent to’lovi oyiga 10 000 so‘m bo‘lib, so‘zlashish uchun 800 daqiqa limit taqdim etiladi, O‘zbekiston bo‘ylab chiquvchi qo‘ng‘iroqlar daqiqasi 12 so‘mni tashkil etadi;

    — “Yagona tarmoq” — abonent to’lovi oyiga 15 000 so‘m bo‘lib, so‘zlashish uchun 800 daqiqa limit taqdim etiladi, O‘zbekiston bo‘ylab chiquvchi qo‘ng‘iroqlar daqiqasi 12 so‘mni tashkil etadi. Ushbu tarif reja doirasida “O‘zbektelekom” AK tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun (“O‘zbektelekom” AKning statsionar telefon raqamlari hamda “O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filiali GSM va CDMA standartidagi mobil raqamlar) cheklanmagan hajmda daqiqalar taqdim etiladi. Albatta, texnologik cheklovlar oyiga 45 ming daqiqani tashkil qiladi, ammo ushbu cheklovlardan oshib ketilgan hollarda chiquvchi qo‘ng‘iroqlar tarif bo‘yicha narxlanadi (daqiqa uchun 12 so‘m).

    — “Limitsiz — narxi oyiga 25 000 so‘mni tashkil etadi, daqiqalar limiti – cheksiz, barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar bepul. Chiquvchi qo‘ng‘iroqlarga esa oyiga 45 ming daqiqa texnologik cheklov mavjud. Ushbu cheklovlardan oshib ketilgan hollarda chiquvchi qo‘ng‘iroqlar tarif bo‘yicha narxlanadi (daqiqa uchun 12 so‘m).

    Uy telefonlari uchun tarif rejalar haqida batafsil ma’lumotlar va shartlari haqida mazkur havola orqali bilib olish mumkin: https://uztelecom.uz/uz/jismoniy-shaxslarga/uy-telefoni/tariflar-7
     

    Manba: Axborot xizmati