Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha Universiteti o’z xodimlarni masofadan turib ishlashga va shu qatorda talabalarga onlayn ta’lim berish platformasini sinovdan o’tkazmoqda
    18.03.2020

    Universitetning v.b rektori M. Djalalovning buyrug’i bilan universitet xodimlarining 70% masofadan turib ishlashga o’tkazildi va shu qatorda katta yoshdagi xodimlar pullik ta’tilga jo’natildi. Universitet rahbari ta‘kidlaganidek, bugungi kunda har bir inson uchun internet juda qulay sharoitlar yaratib berganini hisobga olgan holda universitetimiz hodimlarini masofadan turib ishlashlari barcha uchun qulay va xafsizdir.

    Bundan tashqari, Universitet ma’muriyati bugungi kunda talabalarni onlayn o’qitish platformasini sinovdan o’tkazmoqda. 16-martdan barcha o’quv muassasalarida karantin e’lon qilinganligi sababli barcha talabalar o’z tuman va viloyatlariga jo’nab ketishdi.

    12-aprelga mo’ljallangan birinchi imtihon, belgilangan holatlar tufayli kirish imtihonlari 25-aprel («kompyuter va dasturiy injiniring» fakulteti uchun) va 26-aprel («logistika»fakulteti uchun) ga o’tkazildi. Onlayn ro’yxatdan o’tish 10-aprelgacha uzaytirildi.

    Manba: Axborot xizmati