Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
Tashqi qarz
16.12.2021
“Universal Mobile Systems” MCHJ texnologik qurilmalarini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasining amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumotnoma

“Universal Mobile Systems” MCHJ texnologik qurilmalarini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasining amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumotnoma

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi PQ–4937-son qarori bilan tasdiqlangan

2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida vazirlik bo‘yicha davlat tashqi qarzi ostidagi Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki kreditlari hisobiga “Universal

Mobile Systems” MCHJning texnologik uskunalarini zamonaviylashtirish va aloqa tizimlarini kengaytirish” loyihasi amalga oshirilimoqda.

Loyiha doirasida joriy yil yanvar-noyabr oylari davomida jami 65,0 mln. dollardan oritiq mablag‘ o‘zlashtirildi (hisobot rejasi 218 foiz).

  • 10,9 million dollari - korxonaning o‘z mablag‘larini;
  • 54,1 million dollari - Hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlarni tashkil etadi.

Loyihaning amalga oshirish natijasida “Universal Mobile Systems” MCHJ mobil tarmog‘ida mavjud mobil aloqa baza stansiyalarini yangi avlod (3G, 4G) standartlari asosidagi texnologiyalar bilan qo‘shimcha jihozlash, ma’nan eskirgan qurilmalarni zamonaviylashtirish hisobiga xizmatlar sifatini yanada oshirishga erishiladi.

Loyiha doirasida Hukumat kafolati ostidagi jalb etilgan kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish “Universal Mobile Systems” MCHJ tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshirilib boriladi.