Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yaponiya bilan hamkorlik yanada kengaymoqda
    02.10.2019

    2019 yilning 2 oktyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiya davlat vaziri Minoru Terada bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvdan asosiy maqsad Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.

    -O'zbekiston Yaponiya bilan strategik sheriklik munosabatlari ruhida har tomonlama o'zaro manfaatli va samarali hamkorlikni faollashtirishdan manfaatdor  ekanligini ta'kidladi- AKT vaziri Sh.Sodiqov.

     Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiya davlat vaziri Minoru Terada O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta e’tibor va intilishni alohida ta’kidladi. Shuningdek, u ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi omillarni sanarkan, Yaponiya kompaniyalarida O‘zbekiston bozoriga qiziqish tobora ortib borayotganini qayd etdi.

    Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

    Manba: Axborot xizmati