eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • "Axborot texnologiyalari va ShHTning innovatsion rivojlanishi" forumi bo'lib o'tdi.
    26.09.2019

    Bugun 26 sentyabr kuni  «ICTWEEK UZBEKISTAN» AKT haftaligi doirasida doirasida birinchi marotaba Xalqaro biznes markazida "Axborot texnologiyalari va ShHTning innovatsion rivojlanishi" forumi bo'lib o'tdi.

    Forumda  xorijiy davlatlar, ShHT mamlakatlari diplomatik korpuslari,  davlat organlari rahbarlari va vakillari, O'zbekiston va xorijiy IT-kompaniyalar, jamoat va ilmiy tashkilotlari ishtirok etdi

       Formda ShHT mamlakatlarida axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha muammolar muhokama qilindi va qo'shma chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishildi.

    Tadbir ishtirokchilarining  ta'kidlashicha, Forumning eng muhim vazifalaridan biri bu davlat organlari va IT-biznes vakillarining, shuningdek ekspertlar hamjamiyatining AKT sohasidagi milliy va mintaqaviy darajadagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha konsolidatsiyalangan pozitsiyasini shakllantirish ekanligi alohida qayd etildi.

    Formda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o'rinbosari Qahramon Yuldashev  ishtirok etdi.

    Manba: Axborot xizmati