Qoʻshma korxonaning asosiy faoliyat turlari quyidagilar:
- turli biznes jarayonlarni avtomatlashtirishga yoʻnaltirilgan dasturiy taʼminotlar va ilovalar ishlanmalarini yaratish;
- turli vazifalarga yoʻnaltirilgan maʼlumotlar bazalarini yaratish va ularga xizmat koʻrsatish;
- turli axborot tizimlari,maʼlumotlar bazalari, server va boshqa tarmoq qurilmalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish.
Tashkil etilgan qoʻshma korxona IMEI kodlari boʻyicha respublikada mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tizimini joriy etish loyihasida ishtirok etish bilan oʻz faoliyatini boshlaydi*.
Eslatib oʻtamiz, 2018-yil 22-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”gi hukumat qaroriga muvofiq 1-apreldan Oʻzbekistondagi GSM-operatorlari tarmoqlarida foydalaniladigan barcha mobil qurilmalarining avtomatik tarzdagi bepul roʻyxatga olinishi boshlandi.
IMEI – mobil aloqa operatori mobil aloqasi tarmogʻida mobil qurilmani identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodi hisoblanib, odatda, 15 ta raqamdan iborat boʻladi.
*Loyiha haqidagi batafsil maʼlumot www.uzimei.uz portalida joylashtirilgan.
Manba: Axborot xizmati