eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Kosmik sohada hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
    22.06.2019

    Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning 2019-yil 21-iyun kuni oʻz ishini yakunlagan navbatdagi 18 yigʻilishida Komissiya ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishning joriy holati va istiqbollari, jumladan, kosmos sohasidagi hamkorlik boʻyicha Tomonlarning maʼlumotlarini koʻrib chiqdi.

    22-iyun kuni AKT Vazirligida hamkorlikning aynan mazkur yoʻnalishi Qozogʻiston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoati vaziri oʻrinbosari M. Nurgujin bilan muhokama etildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Q. Yuldashev mehmonni qutlar ekan, Oʻzbekiston Respublikasida kosmik sohasi tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida soʻz yuritdi.

    Oʻz navbatida, Qozogʻiston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoati vaziri oʻrinbosari M. Nurgujin Qozogʻistondagi kosmik soha va ushbu yoʻnalishdagi istiqbolli loyihalar haqida maʼlumot berdi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur sohada oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va axborot almashishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati