eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasi tashkil etilmoqda
    21.06.2019

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bir makon, bir yoʻl” II Xalqaro forumiga ishtirok etish maqsadida joriy yil aprel oyida XXRga tashrifi davomida imzolangan hamkorlik toʻgʻrisidagi Kelishuvlar doirasida 2019-yilning 17-21-iyun kunlari “China South Industries Group Corporation”, “CITIC Group” va “Costar Group” kompaniyalari delegatsiyasining respublikamizga tashrifi amalga oshirildi.

    Muzokaralar yakuniga koʻra, 20-iyun kuni “Xavfsiz shahar” kompleksini tashkil etish boʻyicha loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga koʻmaklashish markazi hamda “CITIC Group” va “Costar Group” kompaniyalari oʻrtasida oʻzbek-xitoy qoʻshma korxonasini tashkil etish boʻyicha Taʼsis shartnomasi imzolandi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov qoʻshma korxonani tashkil etish toʻgʻrisidagi Taʼsis shartnomasini imzolash marosimida ishtirok etdi.

    Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasining asosiy faoliyati Toshkent shahrida 300 million AQSH dollari hajmidagi toʻgʻridan-toʻgʻri invesititsiyalar jalb qilingani hamda “Huawei” kompaniyasining ilgʻor texnologiyalari va innovatsion yechimlaridan foydalangan holda, “Xavfsiz shahar” kompleksini qurish va unga xizmat koʻrsatishni amalga oshirishdan iborat.

    Xorijiy delegatsiya tashrifi doirasida Toshkent shahrida tegishli vazirlik va idoralar bilan bir qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Ulardan koʻzlangan maqsad axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikning kelgusidagi istiqbollarini belgilab olishdir.

    Manba: Axborot xizmati