Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev O‘zbekiston avtomobil sporti federatsiyasining prezidenti lavozimiga tayinlandi. Shu kungacha mazkur vazifani Botirxo‘ja Sidiqov bajarib kelgan.
O‘zbekiston avtomobil sporti federatsiyasi 2004 yilda tashkil qilingan. Federatsiyaning bosh maqsadi – karting, ralli, avtokross kabi yo‘nalishlarda musobaqalar tashkil qilib, aholi o‘rtasida mazkur sport turlarini ommalashtirishdan iborat.
Manba: Axborot xizmati