Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazir Wargaming kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi
    26.04.2018

    O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev dunyoga mashhur «World of Tanks», «World of Warplanes», «World of Warships» kompyuter o‘yinlarini taqdim etgan «Wargaming» kompaniyasi (Belarus) vakillari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda mehmonlar O‘zbekiston tomonini «Wargaming» kompaniyasining butun dunyo bo‘ylab kompyuter o‘yinlarini muvaffaqiyatli targ‘ib qilish tajribasi bilan tanishtirishdi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ko‘maklashuvchi kompyuter o‘yinlarini rivojlantirish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

    Bundan tashqari, tashrif doirasida «O‘zbektelekom» AK va «Mirzo Ulugbek Innovation Center» markazida «Wargaming» kompaniyasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan kompyuter o‘yinlari sohasidagi tajribasi bilan mahalliy dasturchilarni tanishtirish maqsadida qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    Ma’lumot uchun: «Wargaming» kompaniyasi — «free-to-play MMO» bozoridagi dunyoning yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi.  Kompaniya 1998 yilda tashkil etilgan va shu vaqt ichida 15dan ortiq loyihani ishlab chiqargan va taqdim etgan.

    Manba: Axborot xizmati