Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xitoyning Aerokosmika fanlari va sanoati korporatsiyasi rahbari tashrif buyurdi
    30.03.2018

    Vazirlikda Xitoyning Aerokosmika fanlari va sanoati korporatsiyasi (CASIC) bosh direktori Li Yuye boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

    Uchrashuvda O‘zbekistonning "Xavfsiz shahar" loyihasi uchun zarur apparat va dasturiy ta’minot yaratish doirasida loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. Shu munosabat bilan, mezbonlar mazkur xavfsizlik tizimini yaratish borasida Xitoyda tatbiq qilingan shaxsiy tajribalari xususida so‘zlab berdilar.

    CASIC Xitoydagi bosh milliy ilmiy-texnik sanoat vakili bo‘lib, yuqori texnologiyalarni rivojlantirishga ixtisoslashgan bu muassasa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoy Xalq Respublikasi hukumati Markaziy apparatining boshqaruvida faoliyatini tashkil qiladi. Korporatsiya milliy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha maqsadli dasturlarni ilgari suradi. Ikki yuzdan oshiq yo‘nalishda faoliyat olib boradigan bu tuzilma tizimidagi 600 dan ziyod tashkilot va korxonalarda 150 ming nafardan ziyod xodim xizmat qiladi. Ularning 70 foizi texnika va texnologiya sohasidagi mutaxassislar.

    CASIC rahbari o‘z nutqida korporatsiya O‘zbekistondagi "Xavfsiz shahar" loyihasida ishtirok etishga qiziqish bildirishi va hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi.

    Eslatib o‘tamiz, ayni paytda mazkur loyihani amalga oshirish uchun xorijlik hamkorlarni aniqlash yuzasidan xalqaro kompaniyalar ishtirokida tender savdolari davom etmoqda.

    Manba: Axborot xizmati