Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri RF Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin bilan uchrashdi
    23.03.2018

    21 mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev Rossiya Federatsiyasi Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin bilan uchrashdi. Unda, shuningdek, RFning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev hamda RF Prezidenti boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Dmitriy Fatixov ham ishtirok etdi.

    Uchrashuv davomida ikki mamlakatning axborot-texnologiyalari sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar raqamli iqtisodiyot, AKT mutaxassislarini tayyorlash, texnoparklarni rivojlantirish, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish, pochta aloqasini rivojlantirish, raqamli televideniyeni rivojlantirish va boshqa muhim yo‘nalishlarni ko‘rib chiqishdi.

    Muzokaralar yakunida mamlakatlar o‘zaro hamkorlikka qiziqish bildirishdi. Barcha ko‘tarilgan masalalar va qisqa muddatda ikki tomonning ishchi guruhlarini shakllantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    Manba: Axborot xizmati