Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qahramon Yuldashev vazir o'rinbosari etib tayinlandi
    26.02.2018

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 fevraldagi qaroriga muvofiq, Yuldashev Qahramon Anvarjanovich O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o'rinbosari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan, bugun vazirlikda tayinlov bo'lib o'tdi.

    Yuldashev Qahramon Anvarjanovich 1972 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Q.Yuldashev shu vaqtga qadar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari Axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimida faoliyat ko'rsatib kelgan.

    Manba: Axborot xizmati