Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston delegatsiyasi Butunjahon radioaloqa konferensiyasida ishtirok etdi
    27.11.2017
    Joriy yilning 21-23 noyabr kunlari Xalqaro elektraloqa ittifoqining Jeneva shahrida joylashgan bosh qarorgohida 2019 yildagi Butunjahon radioaloqa konferensiyasiga tayyorgarlik ko'rishga bag'ishlangan semianr yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 
     
    300 dan ziyod delegatlar, 100 dan ziyod turli mamlakatlarning aloqa ma'murlari ishtirok etgan seminarda O‘zbekiston Respublikasidan ham vakillar mamlakatimizning bu yo‘nalishdagi manfaatlarini himoya qiladigan hisobot va chiqishlar bilan ishtirok etishdi.
     
    Nufuzli tadbirda radioaloqa sohasida shartnomalarni ko‘rish, davlatlarda radiochastota spektrlari hamda sun’iy yo‘ldoshlardan foydalanish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
     
    Butunjahon radioaloqa konferensiyasi 4 yilda bir marotaba tashkil etilib, unda radioaloqaga oid xalqaro munosabatlar tahlili, xalqaro shartonmaga muvofiq radiochastota spektridan hamda geostatsionar, statsionar bo‘lmagan yo‘ldoshli orbitalardan foydalanish kabi yo‘nalishlarda xalqaro munosabatlar ko‘rib chiqiladi. Butunjahon radioaloqa konferensiyasida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
     
    Shuningdek, keng polosali mobil aloqa va raqamli televideniye, favqulodda holatlar va jamoat xavfsizligini ta’minlashda, iqlim o‘zgarishini kuzatishga, Yerni tadqiq qilishga, yo‘l transporti xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan qurilmalar uchun qo‘shimcha chastotalar ajratilishi, fuqarolik aviatsiyasining xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha spektrlar ajratish kabi 30 dan ziyod mavzular ham seminar muhokama markazida bo'ldi.

    Manba: Axborot xizmati