Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan hasharda vazirlik markaziy apparati, tizim korxona va tashkilotlari rahbar-xodimlari faol ishtirok etishdi
    18.03.2023

    “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida 18-mart umumxalq xayriya hashari sifatida butun yurtimiz bo‘ylab bo‘lib o‘tmoqda. Hududlarda ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

    Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi markaziy apparati, tizim korxona va tashkilotlari xodimlari ham ushbu umumxalq hashariga o‘z hissalarini qo‘shishib, faol ishtirok etishdi. 

    Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Elektron hukumat” tizimi maʼlumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazida ko‘chatlar ekildi. 

    Ko‘kalamzorlashtirish, obodlik va ona tabiatga mehr timsoli bo‘lgan hashar tadbirlari vazirlik jamoasining ahil-inoqlik, birdamlik, mehr-oqibat kabi insoniy tuyg‘ularini yanada jonlanishiga katta hissa qo‘shadi.

    Yangilanish va yasharish faslida, ayniqsa tobora yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami arafasida tashkil etilgan ushbu hashar yurtimiz ko‘rkiga yanada ko‘rk qo‘shadi.

    Manba: Axborot xizmati