Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalining ilk soni chiqarildi
    06.02.2023

    Xabaringiz bor, 2022-yilning avgust oyidan boshlab “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali faoliyat yuritmoqda, jurnalda www.infocom.uz veb-sayti orqali raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalaridagi yangiliklar, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ularning natijalari yoritilib boriladi.

    Shuningdek, jurnalda iqtisodiyot sohasida raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy izlanish va tadqiqotlar natijalari bo‘yicha maqolalar har chorakda nashr qilib boriladi.

    “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalining ilk soni bilan www.infocom.uz manzili orqali tanishishingiz mumkin.

    Hozirda jurnalning navbatdagi soni uchun info@infocom.uz elektron pochtasi orqali maqolalar qabuli davom etmoqda. Batafsil ma’lumotlarni www.infocom.uz sayti va +998 55 501 03 02 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

    Ma’lumot uchun: maqolalar o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

    Manba: Axborot xizmati