Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida “IT-ta’limni maqsadli moliyalashtirish” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi
    27.01.2023

    IT-sanoatning rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Har qanday sohada malakali kadrlarni tayyorlash uchun, eng avvalo, yuqori sifatli ta’lim bazasini yaratish muhimdir. 

    O‘zbekiston IT-ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘plab tashabbuslarni yoʻlga qoʻymoqda. Xususan, bugun, 27-yanvar kuni Inha universitetida “IT-ta’limni maqsadli moliyalashtirish” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi. Uning doirasida IT Bilim moliyalashtirish tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “bilgi.uz” platformasi taqdimoti ham oʻtkazildi.

    Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

    Anjumanda spikerlar yoshlarning IT sohasidagi talabgor kasblarni egallashida moliyaviy koʻmak koʻrsatish dasturlari, to‘lov-kontrakt uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, sifatli va arzon ta’limni rivojlantirishda ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash haqida tushuntirishlar berib o‘tdi.

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov o‘z nutqi davomida yoshlarni IT ta’lim sohasiga keng jalb qilish, ularning ta’lim olishlari uchun munosib sharoitlar yaratish, maktab bitiruvchilarining IT kasblarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va xalqaro IT-sertifikatlar olishda qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularning chet tillarini o‘rganishi orqali BPO xizmatlar sohasiga keng jalb qilish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini berib o‘tdi.

    IT Bilim faoliyatni rivojlantirish va IT-mutaxassisliklari boʻyicha oʻqitish uchun maqsadli kreditlar ajratadi.

    bilgi.uz platformasi barcha loyiha ishtirokchilarini yagona elektron makonda birlashtirish maqsadida yaratilgan boʻlib, IT sohasida bilim olishni xohlovchi, jumladan, moliyaviy ko‘makka muhtoj yoshlar, ta’lim muassasalari, talabgorlar va moliyalashtiruvchi tashkilotni oʻz ichiga oladi.

    Shuningdek, IT Park rezidentlari soni 1000 tadan oshdi. Buxoro viloyati, Olot tumanida faoliyat yuritayotgan “EXCELLENCE SOLUTION” MCHJ kompaniyasi 1000-rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. 

    Ushbu kompaniya dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, kompaniya Italiya va Germaniya davlatlariga eksport xizmatlarini ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.

    Manba: Axborot xizmati