Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar vaziri Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdi
    26.01.2023

    Bugun, 26-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Kim Xi Sangni qabul qildi.

    Unda elektron hukumat va telekommunikatsiya sohasida ikki tomonlama hamkorlik va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

    Uchrashuv davomida elektron hukumat yo‘nalishida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasida aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va ushbu yo‘nalishda mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Shuningdek, yurtimizda IT-ta’lim sohasini hamkorlikda rivojlantirish, AKT yo‘nalishida kadrlar malakasini oshirishga kelishib olindi.

    Shu bilan birga, uchrashuv davomida Koreyada faoliyat yuritadigan BPO kompaniyalarini O‘zbekistonga olib kelish va ularni IT Park rezidentiga aylantirish borasida fikr va mulohazalar bildirildi. O‘zbekiston IT xab sifatida koreyalik kompaniyalarda ham qiziqish uyg‘otayotgani va buning uchun ularga barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgani e’tirof etildi.

    Bugungi kunga qadar Koreya IT korxonalarini IT Parkga rezident bo‘lishlari uchun O‘zbekistonda IT rezidentlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish uchun prezentatsiyalar o‘tkazilib, hozirgi kunda mazkur olib borilgan ishlarning samarasi sifatida Korea Claud korxonasi IT Parkning rezidentiga aylandi. Shu bilan birga, yaqin kelajakda Koreyaning boshqa IT kompaniyalarini ham IT Parkning rezidentiga aylanishlari uchun salmoqli ishlar olib borilishi rejalashtirilgan.

    Uchrashuvda 2022-yilda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.

    Ushbu ishlarning davomi sifatida 2023-yilda ham mamlakatimizning 5 ta hududida yaratilgan IT-markazlar negizida “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlik imkoniyatlarni kengaytirish” bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati