Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    25.01.2023

    Bugun, 25-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Charlotte Adriaen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Unda aholi uchun raqamlashtirish sohasidagi qulayliklarni yanada takomillashtirish maqsadida elektron hukumat yo‘nalishida hamkorlik qilish, IT-ta’lim yo‘nalishida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish va Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida raqamlashtirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

    Uchrashuv davomida yoshlarning AKT sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, raqamlashtirish yo‘nalishiga ayollarni kengroq jalb qilish, ular uchun munosib sharoitlar yaratish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

    Shuningdek, O‘zbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirish va bu orqali xorijiy kompaniyalar ishtirokida BPO xizmatlarini rivojlantirish, IT mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan ta’minlash maqsad qilingani ta’kidlandi.

     

    Manba: Axborot xizmati