Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Mobiuz 2022-yilda 2600 dan ziyod tayanch stansiyalarni ishga tushirdi
    13.01.2023

    Mobil aloqa operatori abonentlari o‘tgan yili 2021-yilga nisbatan 70% ko‘proq internetdan foydalangan.

    Rivojlanish tendensiyalari

    Yildan yilga dunyo aholisi internetdan ko‘proq foydalanmoqda. Hozirgi kunda mobil internet va internetga statsionar simsiz ulanish texnologiyasi foydalanuvchilari bir oy ichida 108 eksabayt yoki, boshqacha qilib aytganda, deyarli 116 milliard gigabayt internet sarflashmoqda. So‘nggi ikki yil ichida bu ko‘rsatkich ikki barobarga oshdi.

    Internet-trafik iste’molining yildan yilga faol o‘sib borishi Mobiuz mobil operatori tarmoqlarida ham kuzatilmoqda. 2021-yilga nisbatan o‘tgan yili abonentlar 70 foizga ko‘proq internetdan foydalangan. Asosiy o‘sish dinamikasi videokontent va videoservislar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Bunday holatda aloqa sifatini ta’minlash masalasi muhim o‘rin tutadi.

    2021-2024 yillarda Mobiuz mobil operatori Xitoy Xalq Respublikasidagi hamkorlari bilan umumiy qiymati 150 million dollarlik yirik investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda. Bu mablag‘larning barchasi kompaniyaning texnik rivojlanishiga, hususan, 5G va boshqa yangi texnologiyalarni joriy etish, 4G LTE tarmog‘ini kengaytirish, mavjud uskunalarni modernizatsiya qilish kabi sohalarga yo‘naltirilmoqda.

    Har bir abonentga – 4G LTE

    2022-yilda Mobiuz Texnik bloki tomonidan respublikamizning shahar, tuman va qishloqlarida 2600 dan ziyot yangi va modernizatsiya qilingan tayanch stansiyalari ishga tushirildi. 580 dan ko‘proq yangi maydonlar (joylar)da tayanch stansiyalarini ishga tushirish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

    Natijada, Mobiuzning 4G LTE tarmoqlari qamrovi O‘zbekiston aholi yashaydigan hududlarning 90 foiziga yetdi. Shu bilan birga, Mobiuzning umumiy internet-trafigida to‘rtinchi avlod tarmoqlarining ulushi 76 foizni tashkil etdi va o‘sishda davom etmoqda. Qiyoslash uchun, o‘tgan yilning boshida bu ko‘rsatkich 63,6 foizni, bir yil avval esa 30 foizdan ham pastroq edi. Umumiy qilib aytganda, yildan yilga abonentlar 4G LTE internetidan ko‘proq foydalanmoqda.

    Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar qator ustuvor vazifalarni hal etishga qaratilgan. Yirik shaharlar va viloyat markazlarida tarmoqlar sig‘imini yanada oshirish, mobil internet barqarorligini ta’minlash, signal yo‘qolib qolishi mumkin bo‘lgan hududlarni qisqartirish maqsad qilingan.

    Tuman va qishloqlarda esa kompaniya 4G LTE qamrovini kengaytirish sari odimlab bormoqda. 2022-yilning o‘zida 200 dan ko‘proq aholi punktlarida 4G LTE tarmoqlari ilk bor ishlay boshladi.

    5G va yangi texnologiyalar

    Mobiuz 5G tarmog‘ini Toshkent shahrida tijoriy ishga tushirishi, shuningdek, Samarqandda sinov tarzida ishlatishi 2022-yilning muhim texnologik yangiliklaridan biri bo‘ldi. Hozirda Mobiuzning 5G tarmog‘i O‘zbekiston poytaxtida eng keng qamrovga ega – 14 ta tayanch stansiyasi ishlab turibdi.

    Mobiuz innovatsiyalarga yo‘naltirilgan operator sifatida 2022-yilda mamlakatimizda birinchi bo‘lib VoLTE va ViLTE texnologiyalari imkoniyatlarini namoyish etdi. Samarqandda bo‘lib o‘tgan ICTEXPO-2022 ko‘rgazmasi mehmonlari 4G LTE tarmoqlari orqali ovozli va video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldilar. Hozirda texnologiyalar sinovdan o‘tkazilmoqda.

    2023-yil Mobiuz mobil operatorining texnik rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ma’lumot uzatish xizmatlarini asosan 4G LTEga, shuningdek 5Gga o‘tkazishni davom ettirish rejalashtirilgan. Kamida 500 tadan kam bo‘lmagan yangi texnik ob’ektlarni qurish va ishga tushirish, transport tarmoqlari, kommutatsiya va boshqa uskunalarini, billing tizimini yanada modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.

    Raqamli texnologiyalari vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistonda mobil aloqa foydalanuvchisi oyiga o‘rtacha 8,5 GB sarflagan. Xalqaro ekspertlar 2023-yilda dunyoda bitta smartfonga oyiga o‘rtacha 19 GB internet-trafik to‘g‘ri kelishini bashorat qilishmoqda. Bu shuni anglatadiki, abonentlarning sifatli va qulay internetga bo‘lgan ehtiyoji faqat o‘sib boradi.

    Manba: Axborot xizmati