Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Aloqadamisiz, demak, ular o‘z ish joyida!
    12.01.2023

    So‘nggi kunlarda qishning qahratoni yanada ko‘proq sezilayotgan vaqtda ko‘chadagi sovuqni sovuq, qalin qorni qor, demay aholi uchun qulayliklar yaratishga, sifatli xizmatni ta’minlashga barcha imkoniyatlarni sarflayotga kasb egalarini fidoyilar deyishimiz mumkin.Bu kasb egalari borki, ularning mehnatini e’tirof etmay iloj yo‘q.

    Telefoningiz ishlayaptimi, yaqinlaringiz bilan aloqa bormi, televizoringiz ko‘rsatib, radiongizdan siz uchun yoqimli taronalar taralyaptimi, Internet orqali yangi O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘layotgan oxirgi yangiliklardan voqif bo‘lib boryapsizmi, demak, ular ish joyida!

    Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning tizimidagi aloqa uchun masʼul korxona va tashkilotlar xodimlari mamlakatimizning turli burchaklariga o‘rnatilgan teleradiouzatish va mobil stansiyalarning sozligini taʼminlash uchun qahraton qishda ham o‘z masʼuliyatini his qilgan holda mehnat qilmoqda:

    – Navbatchi brigadalar tomonidan baza stansiyalarni elektr toki bilan taʼminlashni doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.

    – Zarurat tug‘ilsa, qo‘shimcha akkumulyatorlar va dizel generatorlar ishga tushirilmoqda. Foydalanilayotgan oddiy dizel yoqilg‘isiga maxsus aralashmalar qo‘shilmoqda – shuning uchun ham ular ekstremal darajadagi past haroratda ham “yaxlab qolgani” yo‘q.

    – Nafaqat qish kunlari, balki havo ochiq kunlarda ham yetib borish qiyin, hatto mumkin bo‘lmagan hududlarda tezkor xizmatlar faoliyati uchun to‘liq privodli avtomobillar yordam bermoqda.

    Noqulay ob-havo va yo‘lda harakatlanish uchun sharoitlar har qancha murakkab bo‘lmasin, fidokorlik bilan xizmat qilayotgan jamoalarga cheksiz minnatdorlik bildiramiz.

    Aynan ushbu xodimlarning harakati tufayli O‘zbekiston ahli yaqinlari bilan aloqada qolmoqda va Internet xizmatlaridan foydalanishmoqda.

    Manba: Axborot xizmati