Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar vaziri Xitoyning chip va datchiklar ishlab chiqaradigan kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
    10.01.2023

    Bugun, 10-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xitoyning “Shandong Huake Semiconductor Research Institute Co.” kompaniyasi boshqaruvi raisi, Shandong Hi-Speed Group vakili Tyan Szinlyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvdan asosiy maqsad – o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kelgusida loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

    Uchrashuv davomida kompaniya vakillari tomonidan O‘zbekiston hududida yuqori aniqlikdagi raqamli intelektual datchiklar va chiplar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni va ushbu mahsulotlarning xorijiy davlatlarga eksportini yo‘lga qo‘yish maqsad qilinganligi ta’kidlandi.

    Shuningdek, uchrashuvda xorijiy hamkorlar tomonidan Respublikada mavjud boshqa investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ham takliflar bildirildi.

    O‘z navbatida, uchrashuv yakunida ikki tomon vakillari o‘zaro manfaatli loyihalar ustida ishlashga kelishib oldilar.

    Manba: Axborot xizmati