Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Tatariston Bosh vaziri o‘rinbosari bilan IT-ta’lim, kibersport, telekommunikatsiya sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildi
    09.12.2022

    Bugun, 9-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Tatariston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Roman Shayxutdinov bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

    Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, IT-ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratildi hamda IT sohasida mutaxassislar tayyorlash, AKT sohasida o‘zaro yaqinlikni kengaytirish bo‘yicha atroflicha fikrlar almashildi.

    Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash va ommalashtirish maqsadida hamkorlikda kibersport musobaqalarini tashkil etish va ushbu sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro firk-mulohazalar almashildi.

    Shu bilan birga, uchrashuvda telekommunikatsiya sohalarida birgalikda ishlash, ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, jumladan, IT sohalarida kooperatsiyani oshirish va loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.

    O‘z navbatida, ikki tomonlama qo‘shma biznes loyihalarini amalga oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

    Manba: Axborot xizmati