Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston GovTech yetuklik indeksida o‘z o‘rnini yaxshiladi
    17.11.2022

    2022-yil 16-noyabrda Jahon banki guruhi tomonidanGovTech Maturity Index 2022” hisoboti e’lon qilindi, unga ko‘ra, O‘zbekiston 198 davlat orasida 43-o‘rinni egalladi (2020-yilga nisbatan +37 pogona yuqori) va davlatni raqamli transformatsiyalash hamda davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasidagi yetakchi davlatlar “A” guruhiga kiritildi. Mazkur guruhga 69 ta davlat kiritilgan bolib, yetakchi pogonalarni Koreya Respublikasi, Braziliya va Saudiya Arabistoni egallagan.

    Ma’lumot uchun, GovTech tashabbusi raqamli transformatsiya bo‘yicha islohotlar va dasturlarni qo‘llab-quvvatlash, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish hamda davlat va aholi o‘rtasidagi elektron hamkorlik samaradorligini oshirish maqsadida 2020-yildan boshlab elon qilinadi.

    Jahon banki guruhining GovTech dasturi raqamli hukumatga kompleks yondashuvni aks ettiradi va to‘rtta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi, ular loyihalar, baholashlar va siyosiy muloqotlar orqali amalga oshiriladi. Baholash Asosiy hukumat tizimlari indeksi (Core Government Systems Index), Davlat xizmatlarini ko‘rsatish indeksi (Public Service Delivery Index), Fuqarolarning raqamli ishtiroki indeksi (Digital Citizen Engagement Index) va GovTech faollashtiruvchilari indeksi (GovTech Enablers Index) ko‘rsatkichlari asosida amalga oshiriladi.

    Shuni ta’kidlash lozimki, “GovTech Enablers” indeksiga ko‘ra, (Institutsional qo‘llab-quvvatlash) mamlakatimiz dunyoda 4-o‘rinni egalladi (2020 yilga nisbatan +65 pog‘ona yuqori). Ushbu ko‘rsatkich raqamli hukumat va davlat xizmatlari uchun doimiy qulay muhit yaratilishi, raqamli ko‘nikmalar sohasida moslashuvchan yaxlit hukumat yondashuvini o'rnatish, davlat institutlari, qonunlar himoyasini ta’minlash bilan tavsiflanadi.

    O‘zbekistonning ushbu GovTech etuklik indeksidagi o‘rni mahalliy raqamli mahsulotlarni rivojlantirish va raqamli transformatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini ochib beradi.

    Manba: Axborot xizmati