Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qorako‘lda Hindistonning “Acharya International University of Uzbekistan” universitetini tashkil etish rejalashtirilmoqda
    11.10.2022

    Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida “Acharya International University of Uzbekistan” universitetini tashkil etish bo‘yicha viloyat hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Hindiston Respublikasining “Acharya” institutlar tarmog‘i o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

    Ushbu shartnomani imzolashda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiish vaziri o‘rinbosari J. Egamberdiyev hamda “Acharya” institutlar tarmog‘i ijrochi direktori Shalini Reddy ishtirok etdi.

    Universitet tashkil qilingandan so‘ng birinchi yil 1400 nafar talaba qabul qilinib, IT yo‘nalishida Hindistonning malakali professor o‘qituvchilari tomonidan o‘qitilishi boshlanadi.        

    Shuningdek, talabalarga zamon talablariga javob beradigan qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan o‘quv va laboratoriya xonalari, eng so‘nggi axborot resurslari bilan boyitilgan kutubxonalar bilan bir qatorda shinam yotoqxonalar, sport maydonlari, suzish havzalari ham barpo etiladi.

    “Acharya” institutlar tarmog‘i bilan hamkorlikda dunyoning ilg‘or kompaniyalarini jalb qilgan holda, talabalarni ish bilan ta’minlash, dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini ko‘paytirish rejalashtirilgan.

    Universitetning maqsadi mamlakatda Axborot texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi.

    Eslatib o‘tamiz, Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan Hindiston-O‘zbekiston biznes-forumi doirasida AKT vazirligi hamkorligida Acharya instituti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

    Manba: Axborot xizmati