Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘onada AKT xizmatlaridan foydalanishda muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz yoki sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyuring
    10.10.2022

    Farg‘onada AKT sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, muammoli masalalarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J. Egamberdiyev hamda vazirlikning viloyatdagi korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida 2022-yil 21-oktabr kuni soat 11:00 da fuqarolar bilan ochiq sayyor qabul o‘tkaziladi.

    Shu munosabat bilan sizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyurishingiz so‘raladi.

    Manzil: Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, Oq Oltin ko‘chasi. “Qudash MFY” binosi

    Ma’lumot uchun telefon: 73-244-44-45

    Manba: Axborot xizmati