Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Digital Bridge 2022 xalqaro IT Forumida O‘zbekiston delegatsiyasi taqdimotlar hamda ko‘rgazmasida qator IT yechimlar va startaplari bilan qatnashdi
    28.09.2022

    Qozog‘istonning Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida “Raqamli ko‘prik 2022” (Digital Bridge 2022) xalqaro IT Forumi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu forumning dastlabki kunida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Digital Uzbekistan” taqdimoti bilan ishtirok etib mamlakatimizning IT imkoniyatlarini batafsil yoritib, barcha ishtirokchilarni O‘zbekistonda 24-27 Oktyabr kunlariga rejalashtirilgan ICT Week Uzbekistan tadbirlariga taklif etdi.
     
    Digital Bridge 2022 xalqaro IT Forumi kun tartibida Markaziy Osiyo davlatlari va Turkiy davlatlar tashkilotining AKT vazirlari va xalqaro tashkilotlar ekspertlari tomonidan raqamli texnologiyalar megapolislarda rivojlantirish, AKT global strategiyasini kengaytirish, raqamli hukumatning barqarorligi, global o‘zgarishlar davrida raqamli barqarorlikka erishish yo‘llari, davlat va biznesni raqamli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. 

    Shuningdek, Veb3.0 ekotizimi va blockchain texnologiyalarini rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish davrida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, internetda bolalar xavfsizligini ta’minlash, sun’iy intellektni rivojlantirish kabi bir qator dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi. 

    O‘z navbatida, mazkur tadbir doirasida Markaziy Osiyoning IT xizmatlarini xorijga eksport qilish salohiyati va unga to‘siq bo‘layotgan omillar yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi. 

    Ko’rgazmadagi O‘zbekiston IT Parki stendida O‘zbekistonlik kompaniyalar tomonidan IT yechimlar va yangi startaplar o‘z hamkorlik imkoniyatlarini namoyish etishdi.

    Ushbu forumda ishtirok etgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Sherzod Shermatov tomonidan mamlakatlarimiz orasidagi hamkorlik istiqbollari haqida axborot berildi.

    Manba: Axborot xizmati