Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Meta” kompaniyasi delegatsiyasi bilan axborot texnologiyalar sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
    23.09.2022

    Bugun, 23-sentabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan “Meta” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Unda AKT vaziri Sh. Shermatov hamda “Meta” kompaniyasining Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyodagi davlat siyosati bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jorj Chen ishtirok etdi.

    Ushbu uchrashuvni tashkil etishdan asosiy maqsad – O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 14-apreldagi O‘zbekistonni mintaqaviy IT xabga aylantirish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash va “Meta” kompaniyasi bilan hamkorlikda yoshlarimizga qo'shimcha onlayn daromad topish imkoniyatlarini yaratishdan iborat.

    Uchrashuvda “Meta” vakili bilan O‘zbekistonda IT va raqamli texnologiyalar sohasida iqtidorli mutaxassislarini tayyorlashda ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kompaniya vakili tomonidan “Metaverse” loyihasi doirasida qo‘shma treninglar o‘tkazish, innovatsion ishlanmalarni respublikaga jalb qilish, shuningdek, milliy IT xizmatlarning eksport qilish imkoniyatlari bo‘yicha takliflar berildi.

    O‘z navbatida, yoshlar orasida ilg‘or IT texnologiyalardan foydalanish malaka-ko‘nikmasini ham shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha masalalarga e’tibor qaratildi.

    Kompaniya vakili tomonidan Markaziy Osiyoda birinchi marta Meta Blueprint raqamli marketing bo‘yicha maxsus o‘qitish va sertifikatlash dasturining rasman tayyor ekanligini bildirdi. Mazkur dastur doirasida tinglovchilar “Facebook” va “Instagram” ijtimoiy tarmoqlarida biznesni ilgari surish, reklama samaradorligini oshirish samaradorligini metadologiyalari va ushbu platformalar tizimining ishlash tamoyillari bo‘yicha bilim olishlari mumkinligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, tadbirkor ayollar faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida elektron tijorat platformalari imkoniyatlari bo'yicha o'quv-seminarlarini tashkil qilish imkoniyatlari mavjud ekanligi aytib o'tildi.

    Shu bilan birga, AKT vaziri Sh. Shermatov ham kompaniya bilan rasmiy ishlash muhimligini qayd etib, kelgusida ham o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi. 

    Manba: Axborot xizmati