Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiyda Inkubatsiya va akseleratsiya markazlari soni yana bittaga ko‘paydi
    20.09.2022

    Аxborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada yaxshilash maqsadida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Inkubatsiya va akseleratsiya markazi tashkil etildi.

    Ushbu tashkil etilgan Inkubatsiya va akseleratsiya markazi oliy ta’lim muassasasida dasturlashtirish ko‘nikmalarini o‘rganish, startap loyihalar ustida jamoaviy ishlash, dasturiy mahsulotlar eksportini kengaytirish hamda IT Park rezidentlari bilan hamkorligini rivojlantirish va mahalliy shart-sharoitlarga mos dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishga qaratilgan muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi.

    Ushbu markazning ochilishida viloyat Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmasi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki filiali, OTM professor o‘qituvchilari, mutasaddi tashkilotlar mas’ul rahbarlari hamda faol va iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

    Unda universitetning professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy tadqiqot hamda innovatsion loyihalar va dasturiy ishlanmalar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.

     

    Manba: Axborot xizmati